Ukraina poytaxti Kiyev şahrida Özbekiston-Ukraina biznes-kengaşining navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda kengaşga raislik qiluvçi tadbirkor Zafar Hoşimov xabar berdi.
Kengaş 2021 yili Özbekiston va Ukraina Savdo-sanoat palatalari tomonidan ta’sis etilgan bölib, şundan beri u har ikkala mamlakat tadbirkorlari orasida samarali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlab kelmoqda.
“Ukrainada davom etayotgan uruş şaroitida ham mamlakatlarimiz işbilarmonlari ötgan yili özaro tovar ayirboşlaş hajmini ösişiga erişganliklari bunga dalil böla oladi”, deydi Zafar Hoşimov.
Uçraşuvda Özbekiston va Ukraina elçilari, Ukraina Savdo-sanoat palatasi raisi va mutasaddilari hamda Ukraina işbilarmonlik doiralari vakillari qatnaşdi.
“Uçraşuv juda oçiq va samimiy ötdi va unda mavjud muammolar qayd etilib, ularni bartaraf etiş böyiça tadbir va amallar belgilandi. Şunday muammolardan biri, misol uçun keltirsam, Ukrainaga Özbekistondan keladigan tekstil mahsulotlarining bojxona qiymatini bizdan kelayotgan invoys va deklaratsiya asosida emas, balki qator xollarda ukrain bojxonasi belgilaydigan qimmatroq qiymatda qayd etilib, mahsulotlarimiz Ukraina bozoriga kirayotgan paytida yuqoriroq QQSga tortilyapti”, deb yozadi tadbirkor.
Yiğilişda şu kabi muammolar ukrain hamkorlari va mutasaddilari e’tiboriga havola etilib, ularni bartaraf etiş böyiça çoralar körişga kelişib olindi. Yana qator masalalar, jumladan uruş şaroitida aziyat çekayotgan qator ukrain işlab çiqariş korxonalarini Özbekistonga relokatsiya qiliş, kreativ iqtisodiyotda hamkorlikni oşiriş kabi takliflar muhokama etildi.













