“Davlat iştirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qiliş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

🔹professional konsultantlarni jalb qilgan holda xalqaro bozorda ommaviy savdolarga çiqariladigan aksiya paketlari (uluşlari) röyxati;
🔹xalqaro fond bozorida aksiyalarining birlamçi (IPO) yoki ikkilamçi (SPO) ommaviy taklifi ötkaziladigan davlat iştirokidagi yirik korxonalar röyxati;
🔹davlat iştirokidagi yirik korxonalar ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (uluşlarini) xususiylaştiriş oldi tayyorgarlik işlarini muvofiqlaştirişga mas’ul bölgan işçi guruhlar (işçi guruhlar) tarkibi.

Savdo jarayonlarini taşkil etiş uçun professional konsultantlar jalb etilişi va davlat iştirokidagi yirik korxonalar tomonidan nufuzli xalqaro reyting taşkilotlarining barqaror körsatkiçlariga erişilişini muvofiqlaştirib boriş işçi guruhlarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi aksiyador bölgan davlat iştirokidagi yirik korxonalarni xususiylaştirişga tayyorlaş, işonçli boşqaruvçilarni jalb etiş va mazkur jarayonlarni muvofiqlaştiriş uçun xalqaro konsultantlar va yuridik xizmat körsatuvçi taşkilotlar “UzAssets investitsiya kompaniyasi” AJ tomonidan jalb qilinadi. 

2024 yil 1 iyuldan davlat iştirokidagi yirik korxonalarda:

🔸korporativ boşqaruv tizimini takomillaştiriş, jumladan boşqaruv organlari faoliyati samaradorligini yanada oşiriş uçun kuzatuv kengaşiga böysunadigan korporativ kotibiyat taşkil etiladi;
🔸korporativ boşqaruvning yangilangan qoidalari va axloq kodeksi joriy etiladi;
🔸kuzatuv kengaşining bayonnomalarini masofadan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz beriş byulletenlari orqali rasmiylaştiriş imkoniyati yaratiladi.