07:55 / 12.11.2021
1938
Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi 11,5 milliard dollarni tashkil etdi
Foto: Kun.uz

Joriy yil to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonning barcha hududlari orasida eng katta tashqi savdo aylanmasi Toshkent shahrida qayd etildi (11,5 milliard dollar, eksport – 2,8 milliard, import 8,7 milliard dollar). Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, keyingi o‘rinlarni respublikaning qolgan hududlari sezilarli ortda qolish bilan egallagan: Toshkent viloyati (3,9 milliard dollar, eksport — 1,5 milliard, import — 2,4 milliard dollar), Andijon (2,2 milliard dollar, eksport — 629,2 million dollar, import — 1,5 milliard dollar), Farg‘ona (1,3 milliard dollar, eksport — 587,4 million dollar, import — 765,8 million dollar) va Samarqand viloyati (1,3 milliard dollar, eksport — 360,5 million dollar, import — 968,3 million dollar).

Tashqi savdo aylanmasining eng past ko‘rsatkichlari Xorazm (372 million dollar, eksport — 165,7 million dollar, import — 206,3 million dollar), Jizzax (350,7 million dollar, eksport — 145,3 million dollar, import — 205,2 million dollar) va Surxondaryo (306,9 million dollar, eksport — 143,7 million dollar, import — 163,2 million dollar)da qayd etilgan

Shu bilan birga, ijobiy saldo ko‘rsatgan, eksport hajmi importdan ko‘p bo‘lgan yagona hudud Qoraqalpog‘iston bo‘ldi – 468,2 million dollar, eksport – 297,7 million dollar, import – 170,5 million dollar.

Mavzuga oid
Top