15:28 / 17.11.2021
4011

O‘zbekiston-Yevroittifoq munosabatlari, Markaziy Osiyo va Afg‘oniston – Abdulaziz Komilov intervyusidan iqtiboslar

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

«O‘zbekiston Respublikasi – Yevropa Ittifoqi» Hamkorlik kengashining navbatdagi majlisida qatnashayotgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «Euractiv» media-portaliga intervyu berdi.

Kun.uz O‘zbekiston-Yevroittifoq munosabatlari, Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlari hamkorligi, Afg‘onistondagi joriy vaziyat haqida so‘z yuritilgan intervyudagi muhim fikrlarni iqtibos keltiradi.

«Yevropa ittifoqi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi yo‘lida jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish yo‘li bilan aniq yordamlar bermoqda». 

«Ayni vaqtda O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari Yevropaning 25 mamlakatidagi 71 universitet bilan hamkorlikda ta'lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Biz O‘zbekistonda Yevropaning ilg‘or universitetlari filiallari kengayishidan mamnun bo‘lamiz».

«2019 yilda YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan strategiyasiga 3ta asosiy yo‘nalishda hayotga tatbiq qilinmoqda. Bular:

  • qonun ustuvorligi ta'minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va xavfsizlikni ta'minlash orqali mintaqa davlatlari barqarorligini oshirish;
  • ta'lim, ilmiy izlanishlar va mintaqaviy hamkorlikni orqali iqtisodiy o‘sishga erishish;
  • institutsional mexanizmlar faoliyatini mustahkamlash».

«O‘zbekiston afg‘on xalqi bilan uzoq yillik do‘stlik, umumiy tarix va din, urf-odatlar bilan bog‘langan.

Hozirgi vaqtda «Tolibon» hukumati xalqaro tan olinishga erishish uchun harakat qilmoqda. Bu xalqaro hamjamiyatga yangi hukumat bilan konstruktiv muloqot o‘rnatish hamda afg‘on xalqining tinch hayotga qaytishiga yordam berish imkoniyatini beradi. Biz bu davlatni 90-yillarda bo‘lgani kabi yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak».

«74,5 milliondan ortiq aholiga ega Markaziy Osiyo aholisi so‘nggi 10 yillikda yiliga bir million kishida o‘smoqda. Mutaxassislarga ko‘ra, agar ushbu mintaqa umumiy iqtisodiy makon bo‘lganida, xorijiy investorlarni jalb qilish hamda xalqaro mehnat bozoridagi roli oshgan bo‘lardi.

Shuningdek, bu borada nafaqat MDH mamlakatlari tajribasini o‘rganish va rivojlantirish, balki Yevropa ittifoqidagi umumiy bozor shakllanishi tajribasini o‘rganish va u bilan hamkorlik qilishni yo‘lga qo‘yishimiz lozim».

«Yevropa mamlakatimizdagi ta'lim tizimini takomillashtirish, uning ko‘lami va sifatini oshirishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Masalan «Erasmus+» dasturi orqali talablar almashinuvini faollashtirish va O‘zbekistonda Yevropa oliy ta'lim muassasalari filiallarini ochish orqali».

«Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikni mustahkamlash iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligi oshishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, sog‘likni saqlash va shaharsozlik sohalarida oldimizga qo‘yilgan milliy vazifalarni amalga oshirishda muhim omillardan biri bo‘ladi, deb ishonamiz».

Mavzuga oid
Top