17:25 / 23.11.2021
6063
Kobuldagi bozorda portlash sodir bo‘ldi

Ma'lumot berilishicha, avtomobilga yopishtirilgan magnitli mina portlagan.

Foto: AP

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi tumanlardan birida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda TOLOnews telekanali xabar bermoqda.

Al Jazeera telekanalining ma'lumot berishicha, portlash Kobul markazidagi bozorda yuz bergan.

Aamaj News agentligi avtomobilga yopishtirilgan magnitli mina portlaganini yozmoqda.

Agentlik manbalarining so‘zlariga ko‘ra, portlashdan so‘ng otishma tovushi eshitilgan.

Top