O‘zbekiston | 18:15 / 27.11.2021
6454
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Rivojlanish dasturi O‘zbekistonning olis tog‘ qishloqlarini suv bilan ta'minlaydi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rivojlanish Dasturi o‘zining “Global ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilmaxillik uchun muhim bo‘lgan hududlarda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va hal qiluvchi tog‘li hududlarda o‘rmonlarni boshqarish” nomli Texnik ko‘mak Dasturi doirasida olis – borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarning sug‘orish suv ta'minotini yaxshilashga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.  

Foto: BMTRD

Barcha ishlarni amalga oshirish uchun loyixaning pilot xududlari bo‘lgan Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan o‘z ichiga 18 qishloqlardan iborat bo‘lgan 4 ta maxalladagi sug‘orish tizimini yaxshilash, ayrim xududlarda esa yaratish uchun  uchun suv ta'minoti tizimi o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Pskom MFY tarkibiga kiruvchi Pskom,  Quruqsoy, Chakak qishloqlari va  Parkent tumani  Yangi Sanganak maxallasi hamda Qashqadaryo viloyatining Xisorak MFY ga qarashli Tamshush va  Hisorak qishloqlari hamda Xisor MFYga qarashli Chuqur qishloqlarida sug‘orish suv ta'minoti uchun quvur yotqizish zarurligi aniqlandi.

Foto: BMTRD

Mazkur qishloqlar seraholi xududlar bo‘lib, aholining asosiy daromadi chorvachilik, asalarichilik, bog‘dorchilik va sabzavot yetishtirishdir. Bu qishloqlarda suv ta'minoti taqchil bo‘lib,  o‘sha hududdan oqadigan daryo o‘zanlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri, qo‘lbola usulda ariqlar qazib o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilardi. Mavsumiy suv toshqinlari, tog‘ ko‘chkilar ushbu xudud uchun xos xolat bo‘lganligi bois qishloq ahli har yili hashar yo‘li bilan bu ariqlarni tozalaydi. Shu sabab odamlar suvni daryolardan tashishga majbur edi.

Endilikda amalga oshirilgan ishlar tufayli mazkur qishloqlarda suv ta'minoti bilan bog‘liq vaziyat o‘zgaradi.

Mavzuga oid