Maxsus ma’ruzaçiga köra, Ğazoda hozirgaça halok bölgan, yaralangan va mayib bölgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan falastinliklar umumiy soni 160 mingga yaqinlaşgan. Halok bölganlarning kamida 700 nafari – endi tuğilgan çaqaloqlar edi. Tirik qolganlar ham vayronalar, axlat va öliklardan qolgan qoldiqlar bilan yaşaşga majbur. Ular birlamçi şaroitlardan mahrum va kasalliklar qurşovida jon saqlamoqda. Falastinliklar asr davomida körmagan zöravonligiga guvoh bölib, qurbon bölyapti.
Uruş boşlangandan beri falastinliklarning qurbon bölişi ötgan 20 yilgi bilan soliştirganda 10 baravarga köpaygan. Nafaqat oddiy insonlar, balki olimlar, akademiklar, inson huquqlari himoyaçilari, şifokor va hamşiralar, öqituvçi va ziyolilar, bolalar ham ommaviy hibsga oliş kampaniyasida özboşimçalik bilan qamalgan. Hozir ularning ahvoli mavhumligiça qolyapti. Köplab odamlar uyini taşlab, vatanini tark etgan. Bundaylar soni sönggi 30 yildagidan ham köp.
“Mustamlakaçilikning eng makkor körinişlari bilan mahalliy aholini tahqirlaş va böysundiriş siyosati olib borilgan qit’ada yaşovçi bir inson sifatida, dunyoning boşqa hududlarida, masalan, Falastinda odamlar boşdan keçirayotgan çuqur adolatsizliklarni men tan olaman. Kanada xalqi öz hukumatidan Falastinda sodir bölayotgan vahşiyliklarga köproq aniqlik, halollik bilan munosabatda bölişini istaydi. Biz Ğazoda Isroilning tinimsiz bombardimon qilişi, snayper va artilleriyalar esa heç kimni ayamayotganini tomoşa qilişga majburmiz”, – deydi Françeska Albaneze.
BMT ma’ruzaçisi, şuningdek, öz çiqişida Ğarbiy sohil va Şarqiy Quddusda genotsidni tergov qiliş, hujjatlaştiriş, çora körişga çaqirdi.
“Genotsid – milliy, etnik, irqiy, diniy guruhni töliq yo qisman yöq qiliş maqsadida qilinadi. Guruhlarning yöq qilinişi jismoniy yoki biologik ma’noda talqin qilinsa-da, maqsad nima ekanini sud aniqlaştiradi. Ya’ni genotsid bu bitta harakat emas, balki köplab harakatlar va iştirokçilarni öz içiga oluvçi jarayon ekanini unutmasligimiz kerak.
Şundan kelib çiqib, mening sönggi hisobotim Isroilning Falastin hududi böylab xalqni yöq qiliş niyatini uç yondaşuv bilan isbotlaydi. Hisobot Falastin xalqiga nisbatan Isroilning noqonuniy bosib olgan hududlarida qilgan jinoyatlari töplamini körib çiqadi”, – dedi u.










