Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zarafshon daryosidagi karerlar muammosi: Samarqand shahri suvsiz qolishi mumkin
26 noyabr kuni AOKA majlislar zalida Ekologiya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida yer-suv resurslaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, tadbirda qo‘mita raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov jamoatchilikning doimiy e'tirozlariga sabab bo‘layotgan bo‘lsa-da, faoliyatini to‘xtatish borasida biror ish qilinmayotgan Zarafshon daryosidagi karerlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
«Men yuqorida tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha 29 ta holatda ruxsatnoma berishni rad qildik, deb aytgandim. Ayni shu holatning 7tasi Zarafshon daryosi bilan bog‘liq ishlar.
Biz yaqinda Zarafshon daryosida ishlayotgan karerlar faoliyati bo‘yicha reyd o‘tkazdik. Shu tekshiruvda birgina holatning o‘zida tadbirkor belgilangan maydondan eniga 56 va uzunasiga 154 metrga chiqib ketgani aniqlandi. Bunda daryo bo‘yidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududiga ham o‘tib ketilgan.


Biz hozir u yerda ishlayotgan tadbirkorlarning ro‘yxatini qilib, Biznes Ombudsmanga berdik. Undan xulosa olgach, masalani yana to‘liq o‘rganib, tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatishimiz mumkin.
Karerlarning tinimsiz faoliyati natijasida daryo yonidagi milliy tabiat bog‘idagi daraxtlar qurib qolyapti. Lekin bundan ham xavfli bir holat borki, bu – ahvol shu darajada ketsa, daryoning chap tarafidagi suv to‘sqichlardan ham suv qochadi. Agar undan suv qochsa, shahar suvsiz qoladi», — dedi qo‘mita raisi o‘rinbosari.
Mavzuga oid
10:21 / 09.04.2026
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026