07:19 / 02.12.2021
5504
Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

Kecha, 1 dekabr kuni soat 22:18larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani Jarariq ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqqan. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 4 ta yong‘in qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 22:26da yetib borgan va soat 22:55da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. 

Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 200-250 kvadrat metr maydoni zararlangan. Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. 

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top