19:59 / 07.12.2021
11306

Dunyoning eng nufuzli ayollari reytingida 11 yil ichida ilk bor yetakchi o‘zgardi

Foto: Bloomberg

Forbes nashri 2021 yil uchun dunyoning eng nufuzli 100 nafar ayoli reytingini e'lon qildi. E'tiborlisi, reytingda 11 yil ichida ilk bor yetakchi almashdi. Yuztalikning eng yuqori pog‘onasidan Amazon rahbari Jyeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott joy oldi.

Forbes Skottning xayriya faoliyatini yuqori baholagan.

Bungacha 2011 yildan beri reytingga Germaniyani 15 yil boshqarib kelgan Angela Merkel yetakchilik qilib kelgan. U joriy yilda Germaniya kansleri lavozimini tark etgani sababli reytingga kirmagan.

Quyida ushbu ro‘yxatning yetakchi o‘ntaligi keltirilgan:

1. Makkenzi Skott — Amazon rahbarining sobiq rafiqasi

2. Kamala Harris — AQSh vitse-prezidenti

3. Kristin Lagard — Yevropa markaziy banki rahbari

4. Meri Barra — General Motors Company bosh direktori

5. Melinda French Geyts — Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geytsning sobiq rafiqasi

6. Ebigayl Jonson — AQShning Fidelity Investmens firmasi prezidenti

7. Ana Patrisiya Botin — Santander moliya-kredit guruhi direktorlar kengashi raisi

8. Ursula fon der Lyayyen — Yevropa komissiyasi raisi

9. Tsay Inven — Tayvan prezidenti

10. Juli Svit — Accenture kompaniyasi bosh direktori

Top