Forbes dunyoning eng qimmat sport jamoalari reytingini tuzdi - top-50dan atigi 7ta futbol klubi o‘rin oldi
Dunyoning eng qimmat sport jamoalari ro‘yxatiga 7ta futbol klubi kiritilgan.

Foto: Reuters
Forbes'ning 50 o‘rinlik ro‘yxatining 60 foizini NFL (amerikacha futbol) jamoalari tashkil qiladi.
Top-15 quyidagicha:
1. «Dallas Kovboyz» (amerikacha futbol) – 9 mlrd dollar;
2. «Nyu-York Yankiz» (beysbol) – 7,1 mlrd dollar;
3-4. «Golden Steyt Uorriorz» (basketbol) – 7 mlrd dollar;
3-4. «Nyu-Inglend Petriots» (amerikacha futbol) – 7 mlrd dollar;
5. «Los-Anjyeles Rems» (amerikacha futbol) – 6,9 mlrd dollar;
6. «Nyu-York Jayyens» (amerikacha futbol) – 6,8 mlrd dollar;
7. «Chikago Bearz» (amerikacha futbol) – 6,3 mlrd dollar;
8. «Las-Vegas Reyders» (amerikacha futbol) – 6,2 mlrd dollar;
9-10. «Nyu-York Niks» (basketbol) – 6,1 mlrd dollar;
9-10. «Nyu-York Jyets» (amerikacha futbol) – 6,1 mlrd dollar;
11. «Real Madrid» (futbol) – 6,07 mlrd dollar;
12. «Vashington Kommanders» (amerikacha futbol) – 6,05 mlrd dollar;
13. «Manchester Yunayted» (futbol) – 6 mlrd dollar;
14. «San-Fransisko Forti Nayners» (amerikacha futbol) – 6 mlrd dollar;
15. «Los-Anjyeles Leykers» (basketbol) – 5,9 mlrd dollar.
Futbol klublaridan «Barselona» 18 (5,508 mlrd), «Liverpul» 20 (5,288 mlrd), «Manchester Siti» 23 (4,99 mlrd), «Bavariya» 24 (4,86 mlrd), «PSJ» 36-o‘rinni (4,21 mlrd) egallagan.
Futbol klublari ichida qiymati eng oshgan klub «PSJ» (334%) bo‘ldi.
Mavzuga oid

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

20:42 / 06.10.2024
Forbes eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qildi

21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi

22:27 / 10.08.2024