19:56 / 07.12.2021
11077
Ro‘ziqul Berdiyevga faxriy professor unvoni berildi
Foto: Tribuna.uz

Qarshining «Nasaf» klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevga Qarshi davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi. Bu haqda Qarshi davlat universiteti xabar bermoqda.

Qarshi davlat universitetida o‘tkazilgan tadbirda oliygoh rektori Dilmurod Nabiyev «Nasaf» ustoziga faxriy professor unvoni berilishi to‘g‘risida qarorni o‘qib eshittirgan va maxsus unvon hujjatini topshirgan.

«Sizning tajribangiz biz uchun muhim», degan sobiq sport vaziri Nabiyev.

Ro‘ziqul Berdiyev 2008 yildan buyon «Nasaf»da murabbiy bo‘lib ishlab keladi. 4 dekabr kuni «Nasaf» Berdiyev bilan o‘z tarixida ikkinchi marta O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. Berdiyev 4 marta O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Top