«Superliga 17-turidan örin olgan «Nasaf» — «Lokomotiv» uçraşuvi yakuniga yetgaç mezbonlar ustozi Röziqul Berdiyev hakamlar joy olgan maydon markaziga qarab bordi va ularga nisbatan nomaqbul harakatlarni amalga oşirdi. Uçraşuv yakuniga yetgaç mazkur masala yuzasidan boş hakam Ahrol Risqullayev hamda ÖzPFL komissari bildirgi taqdim etdi. Unda qayd etilişiça, uçraşuv yakuniga yetişi bilan «Nasaf» futbol klubining qator futbolçilari hamda boş murabbiy Röziqul Berdiyev hakamlar brigadasini örab olgan. Bu vaqtda boş murabbiy boş hakam libosini qöpol tarzda tortgan hamda uning qorin qismiga zarba bergan. Şundan kelib çiqib, ÖzPFL Röziqul Berdiyevga taqdim etilgan akkreditatsiyani tegişli qömitalar mazkur vaziyatni örganib çiqquniga qadar qaytib oladi. Boş murabbiy Özbekiston kubogining çorakfinalidan joy olgan «Lokomotiv»ga qarşi uçraşuv qaydnomasiga kiritilmaydi.
Çempionatning 18-turini ötkaziş uçun «Nasaf» 10 sentabr kuni Olmaliq şahriga taşrif buyuradi. Şundan kelib çiqib, ÖzPFL tegişli qömitalar iştirokidagi yiğilişni 9 sentabr kuni ötkaziş taklifini ÖFAga kiritdi. Bunda qaror bir tomonlama körib çiqilmasligini ta’minlaş maqsadida qömitalar yiğilişiga Röziqul Berdiyev va Ahrol Risqullayevning özi ham taklif etilişi közda tutilgan.
Bayram sababli dam oliş kunlarining avvaldan belgilab qöyilgani, şuningdek, «Nasaf» ustozining Toşkentga kelişida muammo yuzaga kelmasligini ta’minlaş maqsadida 8 sentabr sanasi tanlab olindi. Berdiyevning akkreditatsiyasini qaytariş masalasi qömitalar qaroridan keyin hal etiladi», - deyiladi PFL xabarida.
Ma’lumot uçun, hakamlar qaroriga şikoyat beriş tartibi Reglamentning 14-bobida batafsil tuşuntirib ötilgan. Garçi «Nasaf» jamoasi hakamlar brigadasiga etika normalariga zid ravişda e’tiroz bildirgan bölsa-da, klub 14-bob böyiça rasmiy e’tiroz bilan çiqmagan.
Eslatib ötamiz, Röziqul Berdiyev «Lokomotiv»ga qarşi öyindan keyingi matbuot anjumanida aksariyat muxlislar öz jamoalariga qarşi muxlislik qilib xoinlik qilgani, boş hakam va zaxiradagi hakamlar VAR işlayotgani haqida unga notöğri ma’lumot berganini aytib ötgandi.












