Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qömitasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda sönggi turlar doirasida bölib ötgan uçraşuvlardagi intizomiy işlar körib çiqildi. Xususan, «Bunyodkor» - «Nasaf» (1:1) öyinidan keyin janjalga sababçi bölganlar jazolandi.
Superliga
«Bunyodkor» — «Nasaf»
Superliganing 6-turi doirasidagi «Bunyodkor» — «Nasaf» uçraşuvining 33-daqiqasida «Nasaf» klubining 70-raqamli futbolçisi Abubakir Rizo Turdialiyev zaxira örindiğidan turib yon hakam şa’niga haqoratli sözlar işlatgan uçun maydondan çetlaştirilgan. Bundan taşqari, uçraşuv yakunlangandan söng tribuna osti yölakçasida uçraşuv hakamlariga nisbatan tajovuzkor xatti-harakat qilib, takroran hakamlar şa’niga haqoratli sözlar işlatgan va ommaviy tartibsizliklar vujudga kelişiga sababçi bölgan.
Uçraşuvining 71-daqiqasida «Nasaf» vakili Umar Eşmurodov oyoğining tag qismi bilan raqib öyinçisi oyoğining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uçun maydondan çetlaştirilgan.
Uçraşuv yakunlanganidan söng «Nasaf» klubining boş murabbiyi Röziqul Berdiyev boş hakam hamda maydondagi futbolçilarga nisbatan haqoratli sözlar işlatgan, undan taşqari «Bunyodkor» futbol klubining 4-raqamli futbolçisi Davron Ergaşevga nisbatan maydonda hamda tribuna osti yölakçasida tajovuzkor xatti-harakat qilib, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelişiga sababçi bölgan.
Şuni qayd etiş kerak, bu Röziqul Berdiyev tomonidan öyin rasmiylari va raqiblarga nisbatan qöpol munosabatda bölişi bilan boğliq birinçisi holat emas. Professional mutaxassis hamda murabbiy sifatida Berdiyev öz şogirdlariga örnak bölişi, tartibsizliklar yuzaga kelganda jamoasini tinçlantirişi maqsadga muvofiq bölardi.
«Nasaf»ning boşqa vakillari — Abduvohid Ne’matov va Mateus Lima Kruz ommaviy tartibsizlik vaqtida özlarini agressiv tutib, «Bunyodkor» stadionining futbolçilar kiriş yölakçasidagi oyna hamda eşikni tepib, sindirib ketişgan.
Tartib-intizom qömitasining qaroriga köra:
1. «Nasaf» futbol klubiga nisbatan jarima intizom çorasi;
2. Umar Eşmurodovga nisbatan 2ta öyinga çetlaştiriş intizom çorasi;













