08:35 / 11.12.2021
26419
Toshkentda avtobus piyodani urib ketdi

“Minor” metro bekati qarshisida 72-yo‘nalishdagi avtobus yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Joriy yilning 10 dekabr kuni taxminan soat 18:40larda Yunusobod tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

Ma'lumotga ko‘ra, Yunusobod tumanidagi Amir Temur ko‘chasi, “Minor” metro bekati qarshisida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan T.J. boshqaruvidagi 72-sonli yo‘nalishli avtobus harakatlanayotgan vaqtida, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda T.U.ni urib yuborgan. 

Natijada, piyoda olgan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Top