10:27 / 12.12.2021
4541
Uzbekistan Airways hafta oxirida Samarqanddagi aeroportdan parvozlarni tiklaydi

Uzbekistan Airways Samarqand xalqaro aeroportida parvozlarni qachondan yo‘lga qo‘yishi ma'lum bo‘ldi.

Foto: Kun.uz

Samarqand xalqaro aeroporti qayta ishga tushishi munosabati bilan Uzbekistan Airways bir qator mahalliy va xalqaro parvozlarni tiklaydi.

Kompaniya matbuot xizmati xabar qilishicha, Samarqand xalqaro aeroporti qayta ochilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways 17 dekabrdan boshlab quyidagi qatnovlarni tiklaydi:

  • Toshkent–Samarqand–Toshkent;
  • Samarqand–Moskva–Samarqand;
  • Samarqand–Istanbul–Samarqand;
  • Samarqand–Olmaota–Samarqand;
  • Samarqand–Sankt-Peterburg–Samarqand.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Avvalroq Samarqand xalqaro aeroporti 2021 yilning 20 oktyabridan 20 noyabriga qadar vaqtincha yopilishi ma'lum qilingandi. Keyinchalik bu muddat 15 dekabrgacha uzaytirilgan edi. Shu munosabat bilan Samarqand xalqaro aeroportining aviaqatnovlari vaqtincha Navoiy, Buxoro, Qarshi xalqaro aeroportlariga yo‘naltirildi. Aeroport 10 dekabrda qayta ishga tushdi.

Mavzuga oid
Top