20 oktyabrdan 20 noyabrgaça Samarqand xalqaro aeroportiga keluvçi va undan ketuvçi rejalaştirilgan qatnovlar aeroportda olib borilayotgan rekonstruksiya işlari tufayli bekor qilingan. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati xabar bermoqda.
Samarqand xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinişi munosabati bilan joriy yilning 20 oktyabridan 20 noyabriga qadar Uzbekistan Airways’ning barça qatnovlari Samarqanddan va ortga körsatilgan muddatga bekor qilinadi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz», – deyiladi xabarda.
Avvalroq Uzbekistan Airports matbuot xizmati Samarqand xalqaro aeroporti bu yerda yangi aerodrom majmuasini oçişga tayyorgarlik körilişi munosabati bilan bir oyga yopilişini, qatnovlar Navoiy, Buxoro hamda Qarşiga yönaltirilişi va u yerdan yölovçilar boşqa transport vositalarida Samarqandga yetkazib qöyilişini ma’lum qilgandi.
Şuningdek, «Öztemiryölyölovçi» axborot xizmati Samarqand xalqaro aeroportining vaqtinçalik yopilişi hamda yölovçilarga qulaylik yaratib, köproq transport xizmatlarini körsatiş maqsadida 2021 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrgaça Qarşi – Samarqand – Qarşi yönalişida 772/771-sonli Afrosiyob zamonaviy poyezdi qatnovi yölga qöyilişi haqida xabar bergandi.

















