09:05 / 27.12.2021
3154
Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun ochildi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasida joylashgan Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan yo‘l avtomobillar harakati uchun ochilgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

2021 yil 26 dekabr kuni M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovoni qismida tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lgani bois, dovon avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.

Qayd etilishicha, tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan olib borilgan zaruriy tadbirlar natijasida 27 dekabr kuni ertalab Taxtaqoracha dovoni orqali transport vositalari harakatlanishi uchun ruxsat berilgan.

«Barcha haydovchilardan tezlik me’yorini oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top