Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanidan ötgan Taxtaqoraça dovoni 13 mart kuni soat 16:00 dan avtomobillar harakati uçun yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilişiça, bunga yölning 1138—1141-kilometrlarida kuçli yomğir yoğişi oqibatida avtomobil yölida qisman öpiriliş yuzaga kelgani sabab bölgan.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegişli taşkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş borasida keng kölamli profilaktik işlar amalga oşirilmoqda.

Ma’lumot uçun, 13 mart kuni Qaşqadaryo, Jizzax, Samarqand va Toşkent viloyatlarida köplab soy va sel özanlariga sel keldi.