23:33 / 04.01.2022
9700
Stoltenberg NATO va Rossiya qaysi mavzularni muhokama qilishini aytdi

Moskva NATOni kengaytirmaslik, sobiq sovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatish, Yevropadan AQSh yadro qurolini olib chiqib ketish, NATO kuchlarini 1997 yildagi joylashuviga qaytarishni talab qilmoqda.

Foto: Reuters

Rossiya - NATO kengashi Yevropadagi xavfsizlik, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi.

"Men Yevropadagi xavfsizlik, ayniqsa, Ukraina va uning atrofidagi vaziyat, harbiy faollik, harakatlardagi o‘zaro shaffoflik masalalarini muhokama qilish uchun 12 yanvar kuniga Rossiya - NATO kengashini chaqirdim", - deb yozdi u tvitterda.

Moskva Vashington va uning ittifoqchilaridan NATOni kengaytirmaslik, sobiq sovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatish, Yevropadan AQSh yadro qurolini olib chiqib ketish, NATO kuchlarini 1997 yildagi joylashuviga qaytarishni talab qilmoqda.

Stoltenberg NATO Ukraina va Gruziyaning alyansga qo‘shilishida Rossiya bilan murosa qilmasligini aytgan.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top