O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev odatdagi tartibda ishlashga kirishgan.
O‘zbekiston prezidenti 2022 yil 5 yanvardan navbatdagi qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqandi.
Davlat rahbari o‘tgan yili ham aynan yanvar oyida qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgan edi.
Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimida qariyb 4 yillik faoliyati davrida uchinchi marta rasman mehnat ta’tiliga chiqdi.