07:41 / 08.01.2022
8786

Toshkentda piyoda avtobus bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Joriy yilning 6 yanvar kuni soat 19:50 larda, "8-Avtobus saroyi" tasarrufidagi “Isuzu” rusumli avtobus haydovchisi O.B.(1964 yilda tug‘ilgan, ish staji - 35 yil) 43-sonli yo‘nalishda avtobusni Usta Shirin ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan bo‘lgan.

Kadr iz video

“Toshshahartransxizmat” axborot xizmati xabariga ko‘ra, u Jomiy qurilish bozori oldidagi svetoforda to‘xtash uchun sekinlashayotgan vaqtida yo‘l qatnov qismining birinchi bo‘lagida harakatlanayotgan piyoda to‘satdan avtobus tomonga muvozanatini yo‘qotib yiqilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 

Natijada, piyoda voqea joyida vafot etgan. Dastlabki xulosaga ko‘ra, piyoda mast holatda bo‘lgan, deyiladi ma’lumotda.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda. "Toshshahartransxizmat"ning Harakat xavfsizligini nazorat etish bo‘limi tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkaziladi.

Top