O‘zbekiston | 19:10 / 19.01.2022
17164
1 daqiqa o‘qiladi

Eng arzoni 450,5 ming so‘m, eng qimmati 441,5 mln so‘m – 2021 yilda sotilgan chiroyli avtoraqamlar haqida

O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, 2021 yilda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil qilgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

2021 yilda O‘zbekiston bo‘yicha birja orqali 139,4 mingdan ziyod avtoraqam 298,8 mlrd so‘mga sotilgan. Avtoraqamlar avtoraqam.uzex.uz vebsaytida shaffof onlayn-auksionlar orqali sotilgan bo‘lib, chiroyli avtoraqamlarning sotuvi 2020 yilga nisbatan son jihatdan 40 foizga, hajmi bo‘yicha – 21 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida sotilgan eng ko‘p «chiroyli» avtoraqamlar Toshkent shahri viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu hududlarda sotilgan avtoraqamlardan 142 mlrd so‘mdan ziyod pul tushgan.

Oylar kesimida eng ko‘p tushum iyun, iyul va noyabr oylarida kuzatilgan. 

O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda qayd etilishicha, 2021 yilda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil qilgan.

Mavzuga oid