22:04 / 25.01.2022
16334

Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibi jamoat tartibini saqlash ishlariga jalb etildi

IIV mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti uzilishi munosabati bilan barcha shaxsiy tarkib jamoat xavfsizligi va yo‘llarda tartib saqlash, shuningdek fuqarolar mulklarini qo‘riqlash ishlariga jalb etilganini ma’lum qildi.

Foto: IIV matbuot xizmati

O‘zbekiston bo‘ylab elektr ta’minotining favqulodda uzilishi oqibatida jamoat tartibini saqlash, yo‘llarda tartibni ta’minlash, fuqarolar va ularning mulklariga ziyon yetkazilishining oldini olish tadbirlariga Ichki ishlar vazirligining barcha shaxsiy tarkibi jalb etilgan.

IIV matbuot xizmati ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda respublikada mavjud patrullik yo‘nalishlariga qo‘shimcha ravishda 6600 dan ziyod yo‘nalishlar tashkil etilib, 1400 dan ortiq maxsus avtotransport va 12 ming nafardan oshiq shaxsiy tarkib xizmat olib bormoqda.

«Yurtdoshlarimizdan, xavfsizlik choralari vaqtincha kuchaytirilganligini to‘g‘ri qabul qilgan holda, xodimlarning talablariga so‘zsiz rioya qilishlarini va imkon qadar tungi vaqtlarda uyda bo‘lishlarini so‘raymiz», deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzu
O‘zbekistonda blekaut
25 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab svet o‘chib qoldi. Bu barcha sohalarga jiddiy ta’sir qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top