Içki işlar vazirining axborot texnologiyalari böyiça örinbosari Najmiddin Töraxöjayev lavozimidan ozod qilindi.
Prezident mahallada jinoyatçilikni jilovlaş böyiça yangiça iş tartibini belgilab berdi.
Içki işlar vazirligi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qömitasi, Yoşlar işlari agentligiga:
- jinoyat qilişga moyilligi bor oğir ahvoldagi aholi bilan «ijtimoiy profilaktika» tamoyili asosida işlaş böyiça «mahalla beşligi»ning vazifalarini aniq belgilab beriş;
- yoş toifasi, ijtimoiy va moddiy ahvolidan kelib çiqib, ularning har bir guruhi uçun alohida metodika işlab çiqiş topşirildi.
Endi profilaktika inspektori hududida jinoyat qilişga moyilligi bor şaxslarni aniqlaydi, «mahalladagi beşlik» ularning muammolarini hal qiladi.
Tizimda raqamlaştiriş ahvoli qoniqarsizligi tanqid qilindi. Içki işlar vazirining bu masalalar uçun mas’ul örinbosari zimmasiga yuklatilgan birorta vazifa oxirigaça yetkazilmagani körsatib ötildi va şu munosabat bilan vazir örinbosari N.Töraxöjayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Töraxöjayev 2021 yil yanvarida IIV rahbari örinbosari lavozimiga tayinlangandi. U muqaddam Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi direktori lavozimida işlagan.












