Içki işlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklariga ikki oy muddatda har bir viloyat-tuman-mahalla kesimida ijtimoiy va kriminogen muammolarni raqamlaştiriş orqali «Ijtimoiy vaziyat» axborot tizimini işga tuşiriş topşirildi.

Bunda, aholi noroziligiga sabab bölayotgan ijtimoiy muammolarning yagona reyestri şakllantiriladi, mas’ul idoralarning kuçi muammoga qarab manzilli yönaltiriladi.

Bundan buyon viloyat va tuman içki işlar rahbarlari har oyda kamida bir marta tuman va şahar kengaşlariga jinoyatçilik ahvoli böyiça hisobot berişi belgilandi.

Içki işlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklari oldiga aholining barça tezkor va şoşilinç xizmatlarga murojaatlarini operativ hal qiliş maqsadida yagona «112» tezkor raqami va dispetçerlik tizimini işga tuşiriş vazifasi qöyildi.

Uşbu tizim 2024 yil 1 yanvardan Toşkent şahrida, 1 iyulga qadar vodiy viloyatlarida, kelasi yil yakuniga qadar esa barça tuman va şaharlarda işga tuşirilişi şart.

Şu orqali navbatçilik qismlari faoliyati ham tubdan qayta körib çiqiladi.