07:26 / 05.02.2022
18013

Foto: Shavkat Mirziyoyev Pekinda qishki Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etdi 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, tadbir xorijiy davlatlar yetakchilari, rasmiy delegatsiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadionida bo‘lib o‘tdi.

Marosim badiiy dasturi XXR raisi Si Tszinpin tomonidan ilgari surilgan «Insoniyatning umumiy taqdiri hamjamiyati» konsepsiyasini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, Xitoy xalqining qadimiy tarixi va boy madaniyati, jahon iqtisodiyoti peshqadami sifatida erishayotgan ulkan muvaffaqiyat va yutuqlari, xalqaro olimpiya harakatining ruhi va qadriyatlarini aks ettirdi.

Millatlar paradi bo‘lib o‘tdi. Qishki Olimpiadada ishtirok etayotgan mamlakatlarning sport delegatsiyalari, shu jumladan O‘zbekiston jamoasi stadion bo‘ylab yurdi. O‘yinlarda qatnashayotgan tog‘ chang‘ichi Komil To‘xtayev O‘zbekiston davlat bayrog‘ini tantanali ko‘tarib o‘tdi.

Olimpiya o‘yinlarining 4-20 fevral kunlari o‘tadigan musobaqalarida sportning 15 ta yo‘nalishi bo‘yicha 109 ta medallar to‘plami o‘ynaladi, ular uchun dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan 4 mingdan ziyod sportchi kurashadi.

Top