22:36 / 07.02.2022
8204
Toshkent shahrida gaz ta’minoti bo‘limi xizmat boshlig‘i pora olayotganda ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti

U qayta hisob-kitob qilish orqali gaz sarfi qarzdorligi uchun hisoblangan penyani yo‘q qilib berish evaziga pora talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “Yashnobod tumangaz” ta’minoti bo‘limining “Aholi iste’molchilar bilan ishlash” xizmati boshlig‘i F.X. fuqaro B.ning xonadonidagi gaz sarfi qarzdorligi uchun hisoblangan 4 mln so‘m penyani qayta hisob-kitob qilish orqali yo‘q qilib berish evaziga pora talab qilib, o‘z xizmat xonasida 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top