08:36 / 11.02.2022
6454

Yanvar oyida qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi 

Yanvar oyida eng ko‘p nikoh holatlari Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida respublika bo‘yicha 20 428 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 725 taga ko‘p.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Qashqadaryo viloyati yetakchilik qilmoqda – 2380 ta. Keyingi o‘rinlardan 2359 ta nikoh qayd etilgan Samarqand viloyati va 2118 ta nikoh kuzatilgan Xorazm viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Surxondaryo viloyati – 1930 ta; 
  • Farg‘ona viloyati – 1830 ta;  
  • Andijon viloyati – 1769 ta; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 1498 ta;  
  • Namangan viloyati – 1412 ta;  
  • Buxoro viloyati – 1320 ta; 
  • Toshkent viloyati – 1276 ta; 
  • Toshkent shahri – 1022 ta;
  • Jizzax viloyati – 701 ta;  
  • Sirdaryo viloyati – 427 ta;
  • Navoiy viloyati – 386 ta.  

Avvalroq, yanvar oyida eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilingandi.

Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 8 516 ta holat. Keyingi o‘rinlardan 7 528 ta tug‘ilish holati qayd etilgan Farg‘ona viloyati va 7 417 ta tug‘ilish kuzatilgan Qashqadaryo viloyati joy oldi.

Mavzuga oid
Top