Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvar oyida eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
Yanvar oyida Samarqand viloyatida eng ko‘p tug‘ilish qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida respublika bo‘yicha 69 198 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 918 taga ko‘p.
Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 8 516 ta holat. Keyingi o‘rinlardan 7 528 ta tug‘ilish holati qayd etilgan Farg‘ona viloyati va 7 417 ta tug‘ilish kuzatilgan Qashqadaryo viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Andijon viloyati – 6 249 ta;
- Surxondaryo viloyati – 6 060 ta;
- Namangan viloyati – 6 046 ta;
- Toshkent shahri – 5 864 ta;
- Toshkent viloyati – 4 184 ta;
- Buxoro viloyati – 3 493 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 3 408 ta;
- Xorazm viloyati – 3 386 ta;
- Jizzax viloyati – 3 198 ta;
- Navoiy viloyati – 1 934 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1 915 ta.
Mavzuga oid
20:30 / 14.02.2026
Samarqandda bojxonachilar salkam 800 gramm opiy yashirilgan "jonli konteyner"larni to‘xtatib qolishdi
15:43 / 14.02.2026
Yoshlardan keksagacha: 2025 yilda turistlar yoshi bo‘yicha taqsimot e’lon qilindi
09:42 / 14.02.2026
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
16:06 / 13.02.2026