Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi bilan:
- 2021 yil 15 oktabr kuni Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Oliy (yuqori) sudlari raislari kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitimni tasdiqlash;
- O‘zbekiston Oliy sudini mazkur xalqaro shartnomaning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilash nazarda tutilgan.
Bitim loyihasi quyidagi masalalarni qamrab oladi:
- iqtisodiyot sohasidagi nizolar bo‘yicha ishlarni hal qiluvchi Oliy arbitraj, xo‘jalik, iqtisodiy va boshqa sudlar raislari kengashi vakolat doirasini kengaytirish;
- MDH ishtirokchi-davlatlarining Oliy sudlari raislari kengashini tuzish;
- MDH ishtirokchi-davlatlarining Oliy sudlari raislari kengashi nizomini tasdiqlash.
Oliy (yuqori) sudlar raislari kengashi to‘g‘risidagi nizom loyihasining 1-bandiga muvofiq, kengash MDH davlatlararo organi hisoblanadi va sudlar o‘rtasidagi hamkorlikning kelishilgan tamoyillari va qoidalarini ishlab chiqish, uni tashkiliy qo‘llab-quvvatlash va amaliy amalga oshirishda yordam berish uchun tuzilgan hisoblanadi.
Kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
- odil sudlovni amalga oshirish, MDHga ishtirokchi-davlatlar hududida yashovchi (joylashgan) shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi sud organlari hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari va shakllarini aniqlash;
- MDH doirasida qabul qilingan huquqiy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarni amalga oshirishda ko‘maklashish va MDH doirasida davlatlararo munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va boshqalardan iborat.