11:29 / 18.02.2022
20156
2021 yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 8,1 mlrd dollarni tashkil etib, yangi tarixiy maksimumga yetdi
Foto: Patrick T. Fallon / Bloomberg

Yanvar oyida O‘zbekistonga transchegaraviy o‘tkazmalar hajmi 18 foizga oshib, 506,1 million dollarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvar oyida O‘zbekistondan xorijga 127,6 million dollar jo‘natilgan, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 26 foizga ko‘pdir.

2021 yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,1 milliard dollarni tashkil etib, yangi tarixiy ko‘rsatkichga yetdi.

2021 yilning 12 oyi davomida xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali tushumlar hajmi 8,1 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2020 va 2019 yillarga nisbatan 34 foizga ko‘pdir. Respublikadan jo‘natilgan valuta mablag‘lari hajmi 1,6 milliard dollarni tashkil etdi.

Top