10:29 / 27.02.2022
16351
Germaniya Ukrainaga tankka qarshi qurollar va «Stinger»lar yuborishga qaror qildi
Foto: EPA/Vostock-photo

Germaniya hukumati Ukrainaga tankka qarshi qurollar va «yer-havo» tipidagi «Stinger»lar yuborishga qaror qildi. Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt ma’lum qildi.

«Federal hukumat bugun (shanba kuni) Ukraina qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tankka qarshi 1000 ta qurol va «Stinger» tipidagi 500 raketa jo‘natishga qaror qildi. Qurollar imkon qadar tez fursatda Ukrainaga yetkazib beriladi», degan u.

Avvalroq DPA agentligi GFR hukumati Niderlandiyaga Ukraina uchun Germaniyada ishlab chiqarilgan 400 ta tankka qarshi granatomyotlarni (Bazuka) yetkazib berishga ruxsat berganini xabar qilgandi.

Sky News telekanali Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesga asoslanib xabar berishicha, kamida 27 mamlakat, shu jumladan NATO a’zolari Ukrainaga qurol yetkazib berishga qaror qilgan.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top