21:15 / 01.03.2022
14321
Kiyev teleminorasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi

Xabar qilinishicha, mahalliy telekanallarni efirga uzatishda muammolar paydo bo‘lgan.

Foto: Suspіlne

Kiyevdagi teleminora yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi. «UNIAN» agentligining xabariga ko‘ra, bu yerga snaryad kelib tushgan. 

Teleminora yaqinida portlash sodir bo‘lganini oliy rada Telegram kanali ham tasdiqladi. Xabar qilinishicha, mahalliy telekanallarni efirga uzatishda muammolar paydo bo‘lgan.

Portlash oqibatida jarohatlanganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.

«Strana.ua» nashri snaryad minora yonidagi apparat binosiga urilgani to‘g‘risida xabar berdi. Ta’kidlanishicha, telekanallar efiri tez orada tiklanadi.

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi harbiy obektlar yaqinida yashovchi kiyevliklarni uylarini tark etishga chaqirgandi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top