20:49 / 03.03.2022
26010
Ukraina gaz eksport qilishni to‘xtatdi

Cheklov mamlakat energetika vazirligining 3 mart kungi buyrug‘iga asosan kiritildi.

Foto: Reuters

Ukraina mamlakat hududidan tabiiy gaz eksport qilishni vaqtincha to‘xtatdi.

"Ukraina energetika vazirligi bozor ishtirokchilariga mamlakatimiz hududidan tabiiy gaz eksport qilishni taqiqladi. Bu Ukraina yerosti gaz omborlarida saqlanayotgan gazga ham taalluqli", - deyiladi "Ukrtransgaz" AJ xabarida.

Cheklov mamlakat energetika vazirligining 3 mart kungi buyrug‘iga asosan kiritildi.

Bundan tashqari, "Ukrtransgaz" kompaniya saytida yerosti gaz omborlari faoliyati to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarni chop etishni ham to‘xtatdi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top