08:19 / 05.03.2022
6339
O‘zbekistonda har 1000 kishiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda
Foto: Kun.uz

Har 1000 kishiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda. 

Jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 284 608 taga oshgan. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan oldin yanvar oyida 14 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top