Har bir özbekistonlik minişni orzu qilgan avtomobil - GAZ-24 “Volga” ham amerikaliklardan öğirlanganmi?
|23:03 / 04.05.202443 86912 min
Bir paytlar GAZ-24 “Volga” deyilsa istalgan odam bir entikib qöyardi. U SSSRda köpçilikning orzusidagi maşina bölgan. Biroq öta qimmatligi uçun uni sotib olişning özi bölmasdi. Bugunga kelib kiçik “yuk maşinasi”ga aylangan afsonaviy avtomobil konsepsiyasi aslida amerikaliklardan öğirlanganini hamma ham bilavermasa kerak.
Foto: kommersant.ruFoto: kommersant.ru
Sovet ittifoqi degan davlat yadro qurollari va kunora kosmosga raketa uçirib turgani bilan maqtanişi mumkin edi. Biroq avtomobil sanoati bilan emas.
1965 yilgaça mamlakatda işlab çiqarilgan tuzukroq avtomobil ham bölmagan. Işlab çiqarilayotgan maşinalarning qariyb barçasi 40-50 yillar rusumlari edi.
Jumladan, Germaniyadan köçirib kelingan Opel kompaniyasi liniyalarida “Moskviç”, amerikaliklardan özlaştirilgan “Villis”, Fiat’dan (Fiat-600) “Zaparojyets”, 1930 yillarda amerikaliklar qurib bergan zavodda GAZ-21 maşinalari işlab çiqarilardi.
Ğarbda esa, AQŞ, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya şuningdek Yaponiya avtomobil sanoati tobora rivojlanib borardi. Bu davlatlarning har birida 4-5tadan yirik avtokompaniyalar bölib, ular kamida 10-15talab rusumda avtomobil işlab çiqarardi.
AQŞ va Ğarbiy Yevropa davlatlarining istalgan yirik şahrida avtomobillar köçalarni töldirib harakatlanganda SSSRdagi şaharlarda avtomobillar oqimi juda past edi.
Foto: kommersant.ru
Şu sababli ham aksariyat köçalarga svetofor örnatiş şart bölmagan va avtomobillar harakatini militsionerlar tartibga solgan.
Sovet hukumati Ğarbdan orqada qolmaslik uçun zamonaviy avtomobil işlab çiqariş kerakligini tuşunib turardi. Biroq yangi maşina işlab çiqariş uçun asos va poydevor yöq edi.
Şu sababli sovetlar yangi rusumdagi maşinalar işlab çiqariş uçun xorijdan hamkor topişga yoki Ğarbda tayyorlanayotgan maşinalarni özlaştirib işlab çiqarişga majbur böladi.
1960-yillar örtalaridan boşlab Germaniya, Fransiya, Italiyaning bir neçta avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyalari bilan muzokaralar ötkazildi. Ularning zavodlariga borib işlab çiqariş jarayoni kuzatildi, modellar örganildi.
Yakunda Italiyaning «Fiat» kompaniyasi bilan hamkorlik qiliş haqida kelişuv imzolanadi va SSSRda “Jiguli” maşinalarini işlab çiqariş boşlanadi.
“Jiguli” va yangilangan “Moskviç” aholi ehtiyojlarini biroz qondirsa-da muammo hal bölmaydi. Çunki hali SSSRdagi yuqori lavozimli partiya xodimlari, turli taşkilotlar rahbarlari va aholining biroz boy bölgan qatlami uçun nisbatan yuqori klassdagi maşina işlab çiqariş masalasi hal qilinmagandi.
Mavzuga oid
Sovet konstruktorlari zör berib xorijiy kompaniyalarda tayyorlanayotgan avtomobillarni örgana boşlaşadi. Oxir-oqibat ular amerikaliklar 1963 yildan boşlab işlab çiqarayotgan Ford Falcon avtomobilini özlaştirişga qaror qilişadi. Ammo buning uçun Ford’dan ruxsat olinmaydi va fuqarolarga SSSR konstruktorlari yangi maşina rusumini işlab çiqqani aytiladi.
Yangi maşina loyihasi tayyorlanayotganda sovet konstruktorlari juda “dangasalik qilişadi” va yangi maşinaning içki körinişini Ford Falcon’dan boriça köçirib qöya qolişadi.
Özlaştirilgan maşina “Volga” deb ataladi va uni Gorkiy (Nijniy Novgorod) şahridagi avtozavodda işlab çiqarişga qaror qilişadi. Şu tariqa Ford Falcon maşinasi ozgina özgarişlar bilan “GAZ-24 Volga”ga aylanadi.
Foto: smotra.ru
“GAZ-24 Volga”tarixi
“GAZ-24 Volga” maşinasining yiğuv korxonalarini taşkil etiş 1967 yilda boşlanadi. 1968 yilda 32 dona, 1969 yilda esa 215 dona maşina işlab çiqariladi va sinovlardan ötkaziş uçun SSSRning turli hududlariga yuboriladi.
1970 yil 15 iyuldan boşlab zavod GAZ-24 maşinasini ommaviy tarzda işlab çiqara boşlaydi. 1972 yilda GAZ-24-02 nomi bilan maşinaning universal körinişdagi rusumi çiqariladi.
“GAZ-24 Volga”ni tayyorlaş boşlangaç uni birinçi navbatda vazirliklar, yuqori martabali partiya xodimlari, oblast va rayon ma’muriyatlari va boşqa taşkilotlarga sota boşlaşadi.
Şuningdek, sovetlar Amerikadan ortda emasliklarini “körsatib qöyiş uçun” GAZ-24 Volga maşinalaridan taksi sifatida foydalana boşlaşadi. Navbati bilan mamlakatdagi barça taksoparklarga bu maşinadan yuboriladi.
Bundan taşqari, GAZ-24 militsiya bölimlariga xizmat maşinasi sifatida tarqatiladi. Yana uning universel körinişdagi rusumi tez tibbiy yordam bölimlariga beriladi.
Foto: stock.adobe.com
Öşa paytlarda kolxozlar raislari “Villis” prototipi bölgan UAZ maşinalaridan foydalanişardi. 1980-yillardan keyin raislar ham kolxoz mablağlari hisobidan GAZ-24 sotib ola boşladi.
Maşinaga talab juda yuqori bölgani uçun uni hatto öziga töq odamlar sotib olişi amrimahol edi. Şu sababli 1970-yillarda SSSRda maşinafuruşlar paydo böldi.
Ular turli yöllar bilan avtomobilni qölga kiritar, söng Kavkaz yoki Markaziy Osiyo respublikalariga olib kelib sotardi. Öşa paytlarda maşina narxi 10 ming rubl bölgan. Biroq maşinafuruşlar uni 20-25 ming rubldan sotgan.
GAZ-24 avtomobillarining birinçi avlodi 1970-1974 yillarda, ikkinçi avlodi 1974-1985 yillarda, uçinçi avlod 1986-1992 yillarda işlab çiqariladi.
Foto: shutterstock.com
Sovet ittifoqi deb atalgan davlat parçalanib ketgaç boşqa köplab korxonalar qatori Gorkiydagi avtozavod ham oğir vaziyatga tuşib qoladi.
1992 yildan boşlab Rossiyaga jahon avtomobilsozlari işlab çiqargan maşhur avtomobillarning yangilari va eskilari yoppasiga kirib kela boşlaydi.
Işlab çiqarilganiga 20 yildan oşgan bölsa ham jiddiy yangilanmagani bois xorijiy maşinalar bilan soliştirganda GAZ-24 juda ğarib bölib qoladi - unda haydovçilar va yölovçilar uçun heç qanday qulaylik bölmagan.
Buning ustiga, xorijdan keltirilayotgan eski maşinalarning narxi juda arzon edi. Odamlar “inomarka”larni xarid qila boşlagaç GAZ-24 maşinasi öz ahamiyatini yöqotadi.
Buning ustiga, SSSR davrida aksariyat işlab çiqarişlar kompleks taşkil etilmas, mamlakatning bir hududidagi zavodga boşqa çekkasidagi zavod ehtiyot qism yetkazib berardi.
Jumladan, GAZ-24 ni işlab çiqarişda kerak böladigan ehtiyot qismlar ham şunday edi. Qaysidir murvat Ukrainada tayyorlangan bölsa, boşqasi Özbekistonda işlab çiqarilgan. SSSR parçalangandan söng ular örtasida aloqalar uziladi.
1992 yilda GAZ korxonalarida GAZ-31029, GAZ-3103, GAZ-3110 va yana boşqa bir neçta rusumdagi maşinalar işlab çiqariladi. Biroq ular xorijdan kirib kelayotgan zamonaviy maşinalar bilan raqobatlaşa olmaydi.
Sönggi Volga bu tez yordam xizmati uçun tayyorlangan GAZ-310223 universal maşinasi edi. Şundan söng bu rusumdagi maşinalar işlab çiqarilmaydi tarixga aylanadi.
Umumiy hisobda 1970 yildan 2000-yillargaça GAZ-24 maşinasining turli modifikatsiyalaridan 1 mln 481 dona işlab çiqarilgan. Taqqoslaş uçun, Tolyattidagi VAZ korxonalarida birgina VAZ-2101 “Jiguli” maşinasidan 1970 yildan 1988 yilgaça qariyb 5 million dona tayyorlangan.
GAZ-24 ning turli rusumlari
GAZ-24. Bu maşina GAZ korxonasidan çiqarilgan ilk rusum hisoblanadi. Unga 85 va 95 ot kuçiga ega bölgan ikki xil dvigatel örnatilgan. Bu rusum 1969-1977 yillar oraliğida işlab çiqarilgan.
GAZ-24-01. Bu rusum ilk marta 1971 yilda işlab çiqarilgan va asosan taksi faoliyati uçun mamlakatdagi taksoparklarga sotilgan. Öşanda sovetlar Amerikadan ortda emasliklarini körsatiş uçun mamlakatning juda katta qismida şaxsiy avtomobil bölmagan vaziyatda qimmat maşinadan taksi sifatida foydalana boşlaşadi. Bu rusum ham 85 va 95 ot kuçiga ega bölgan dvigatellar bilan jihozlangan.
Foto: yaplakal.com
GAZ-24-02. Bu rusum universal körinişda bölib, u beş eşikli edi. Bu maşinadan taksi xizmatida, şuningdek, turli yuklarni taşişda foydalanişgan.
GAZ-24-03. Bu rusum GAZ-24-02 ning özi bölib, farqi undan faqat tez tibbiy yordam maşinasi sifatida foydalanişgan. GAZ-24-02 va GAZ-24-03 maşinalariga 95 ot kuçiga ega bölgan sovet dvigatellari örnatilgan.
GAZ-24-54. Bu rusumda rul çambaragi çap tomonda emas, öng tomonda joylaşgandi va u yöl harakati öng tomonlama bölgan mamlakatlarga eksport qiliş uçun tayyorlangan.
GAZ-24-76. Bu rusum ham eksportga möljallangan edi. Sovet dvigatellari uzoq vaqtga çidamas, maksimum 100 ming km masofani bosib ötgandan söng ta’mirtalab bölib qolardi. Şu sababli GAZ-24-76ga Belgiyadan xarid qilingan Peugeot dvigatellari örnatilgan.
GAZ-24-77. Bu rusum özidan avvalgi GAZ-24-76 bilan bil xil bölib, ularning farqi dvigatellarida edi. GAZ-24-77 maşinalariga ham Belgiyadan xarid qilingan Peugeot dvigatellari örnatilgandi. Faqat ular benzinda emas, dizel yoqilğisida harakatlanardi.
Öşa paytda italiyaliklar VAZ bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelayotgan edi. Şu sababli GAZdagilar ham Italiya kompaniyasi bilan kelişuv imzolaşadi va hamkorlikda yangi rusum işlab çiqarişadi.
GAZ-24-Fiat rusumidan 8 yilda bor-yöği 15 ming dona tayyorlangan va ular yuqori martabali partiya xodimlariga xizmat maşinalari sifatida berilgan.
Foto: Gazeta.ru
Sovetlar GAZ-24 ni ommalaştiriş uçun 1970-yillarning ikkinçi yarmida maşinani Mercedes-Benz, BMW va Yevropada tayyorlangan Ford Granada dvigatellari bilan jihozlangan holda ham tayyorlaşadi. Biroq xorijiy dvigatellar maşinalarning tannarxini oşirib yuborgani uçun ular ham ommalaşmaydi.
GAZ-24 ning texnik xarakteristikasi
· Uzunligi – 4 735 millimetr;
· Eni – 1 800 millimetr;
· Balandligi – 1 490 millimetr;
· Oğirligi – 1 420 kg;
· Dvigatel quvvati – 85-95 ot kuçiga teng;
· Turi – mexanik, tört uzatiş qutili;
· Örindiqlar soni – 5 ta;
· Yoqilği siğimi – 55 litr;
· Yoqilği sarfi – har 100 kilometrga 12-15 litr
Volga Özbekistonda
SSSR davrida Rossiya, Ukraina, Kavkaz va Boltiqböyi respublikalari bilan taqqoslaganda Özbekiston aholisida maşina kam edi. Buning asosiy sababi özbekistonliklarning daromadi boşqalarga qaraganda ança past bölgan.
Töğri, maoşlar unça katta farq qilmagan. Biroq Rossiya yo Ukrainada 100 rubl maoş oladigan odam oilasida 3-4 kişi bölsa, özbekistonlik öşança maoş bilan 7-10 kişilik oilani tebratişi kerak edi.
Foto: Dzen
Odamlarning daromadi past, topgani rözğordan ortmagani uçun mahallalarda 4-5 tadan maşina bölardi xolos. U paytlarda nafaqat Özbekistonda, balki ittifoqning boşqa joylarida ham “maşina bozor” deb ataladigan bozorlar bölmagan. Kimdir maşina sotib oliş uçun pul yiğsa ham yillar davomida kutişga majbur edi. Yoki minilgan maşinalarni esa faqat taniş-bilişlardan olardi.
1980-yillargaça özbekistonliklar orasida GAZ-24 Volga sotib oliş darajasiga yetgan kişilar kam edi. Boşqa tomondan bu maşinani sotib olişga yetgulik puli bor odamlar ham Volga sotib olişdan qörqardi.
Çunki oddiy işçilarning maoşi 100-150 rubl bölib turgan paytda kimdir Volga olsa, KGB (Davlat xavfsizlik qömitasi) xodimlari çaqirib qimmat maşina uçun 15-20 ming rubl pulni qayerdan, qanday qilib topding deb savol berib qolişlari mumkin edi.
Gdlyan va Ivanov boşçiligidagi “paxta işi” doirasida bölib ötgan repressiv tergov jarayonlari tugab, uning vahimali şamollari bosila boşlagaç odamlar biroz yengil nafas olişadi va puli borlar Volga sotib ola boşlaşadi. Öşa paytlarda özbekistonliklar Volga maşinalarni magazindan sotib ololmasdi.
Foto: PlatesMania.com
Ularni Özbekistonga kavkazliklar yoki ukrainaliklar olib kelib sotib ketardi.
GAZ-24 va GAZ-31 Volgalar 1990-yillar oxirigaça biroz obröli maşina bölib turdi. Söng ular urfdan qoldi. Natijada Özbekistondagi juda köp Volgalar kuzovlari özgartirilgan holda “yuk taşuvçi” avtomobillarga aylandi.
Xozirgi yoş avlod bu avtomobilni öz davrida uzoq yillar “afsonaviy” bölganini bilmaydi xatto.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi