15:53 / 06.03.2022
32380
Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri o‘zgardi
Foto: IIV axborot xizmati

Polkovnik Orinbayev Amanbay Tleubayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti xabar berdi.

Amanbay Orinbayev 2020 yil fevralidan buyon IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, shu kunga qadar Aytbay Temirxanov Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Hozirda uning qaysi lavozimga o‘tgani haqida ma’lumot berilmadi.

Top