20:14 / 07.03.2022
9794

Nissan Sankt-Peterburgdagi zavodi faoliyati to‘xtatilishini e’lon qildi

O‘tgan haftada Toyota kompaniyasining Sankt-Peterburgdagi zavodi yopilgandi.

Foto: RIA Novosti

Nissan avtokonserni Sankt-Peterburgdagi zavodi faoliyati "yaqin kunlarda" to‘xtatilishini ma’lum qildi.

"Rossiyaga avtomobil eksporti to‘xtatilgan, yaqin kunlarda Sankt-Peterburgdagi zavod ishini to‘xtatish rejalashtirilgan", - deyiladi kompaniya bayonotida.

Avvalroq avtokonsern yaponiyalik xodimlariga Rossiyani tark etishni buyurgandi.

4 mart kuni Toyota kompaniyasining Sankt-Peterburgdagi zavodi yopilgandi. Toyota 30 nafar xodimi Yaponiyaga qaytganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Subaru va Mitsubishi Motors kompaniyalari ham o‘z xodimlarini Rossiyadan olib chiqib ketmoqda.

Mavzuga oid
Top