Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni MDH norasmiy sammitining madaniy tadbirlar dasturi doirasida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bog‘ majmualari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari bilan birgalikda “Pavlovsk”, “Tsarskoye selo” va “Petergof” muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurdi.
XVIII-XIX asrlarda barpo etilgan ushbu tarixiy obidalar YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, me’morchilik va bog‘chilik san’ati durdonalari sifatida tan olingan.
Tanishuv chog‘ida davlat rahbarlariga saroylar tarixi, ularning ichki bezagi va badiiy to‘plamlari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi. Oliy martabali mehmonlar e’tiboriga musiqa va xalq og‘zaki ijodi jamoalarining chiqishlari havola etildi.








Mavzuga oid
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026
Peterburg gubernatori Xayrullo Ibodullayevni ko‘krak nishoni bilan mukofotladi
21:11 / 23.02.2026