Publitsist, sovet dissidenti Aleksandr Skobov Sankt-Peterburgda, huquq himoyaçisi Yuliy Ribakov va u bilan birga bölgan rafiqasi Yekaterina Molostvovaning kvartirasida qölga olindi. Bu haqda 3 aprel, çorşanbaga ötar keçasi inson huquqlari böyiça «OVD-Info» loyihasi, şuningdek, Molostvovaning özi xabar berdi.

Jurnalist Sergey Kovalçenko tomonidan boşqariladigan «Zanimatelnaya konspirologiya» Telegram-kanali va «Fontanka» internet-naşriga köra, Skobov «terrorçilik faoliyatiga kömaklaşiş»da ayblanmoqda. 

2024 yil 22 martda Rossiya hukumati Aleksandr Skobovga «çet el agenti» maqomini berdi. «Adliya vazirligining ma’lumotlariga köra, u davlat organlari qarorlari töğrisida «yolğon ma’lumot tarqatgan», uruşga qarşi çiqqan, «Rossiya Federatsiyasini terroristik taşkilot deb hisoblagan», «nomaqbul taşkilot» faoliyatida iştirok etgan, «çet el agenti materiallarini» tuzgan va tarqatgan», deb eslatadi «OVD -Info». 

Ayni paytda, Yuliy Ribakov «Fontanka» internet-naşriga tergovçi va unga hamroh bölgan IIV xodimlari 66 yoşli Skobovga qandli diabetga qarşi muhim dori-darmonlarni özi bilan olib ketişga ruxsat bermaganini aytdi. Ribakovning sözlariga köra, «Skobov «Krokus»dagi terakt haqida heç narsa yozmagan, lekin Rossiya va Ukraina örtasidagi munosabatlar haqida köp fikr bildirgan». 

DW ma’lum qilişiça, Skobovning özi qönğiroq çalinganida xavfsizlik kuçlari uçun eşikni oçgan, ehtimol itlarni sayr qildiriş uçun çiqqan uy egasi qaytib keldi, deb öylagan.

SSSR va RFda Aleksandr Skobovning ta’qib qilinişi 

1978 yilda Aleksandr Skobov «Çap muxolifat» guruhi va hukumatga qarşi jurnal faoliyatida faol iştirok etgani uçun hibsga olingan. Keyinçalik, sud hukmi bilan u psixiatriya şifoxonasiga yotqizilgan va u yerdan 1987 yilning yozida ozod qilingan.

«Okna» loyihasiga köra, ayni paytda Rossiyada Aleksandr Skobovga nisbatan «nomaqbul taşkilot» – ozod Rossiya forumi faoliyatida iştirok etgani uçun ma’muriy iş yuritilmoqda.