11:40 / 16.03.2022
10741

«Hududiy elektr tarmoqlari» Navro‘z kunlarida tarmoqdan uzilish mumkinligidan ogohlantirdi

Jamiyat 5 kunlik dam olish kunlarida bevosita bo‘limlarga to‘lov qilish yoki shaxsiy hisob raqamini elektr tarmoqlari korxonalarida tekshirish imkoni bo‘lmasligini bildirdi.

«Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Navro‘z ayyomi bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlari (19-23 mart) qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishining oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi», deyiladi jamiyat xabarida.

Top