14:27 / 18.03.2022
7050
Qoraqalpog‘istonda yangi tashkil qilingan vazirlikka rahbarlar tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga Sag‘indiq Turmanov tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar berdi.

Sag‘indiq Turmanov / Foto: Qoraqalpog‘iston axborot agentligi

Sag‘indiq Turmanov tayinlovga qadar faoliyati tugatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Tursinbay Abdijabbarov yangidan tashkil qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.

Tursinbay Abdijabbarov / Foto: Qoraqalpog‘iston axborot agentligi

U bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri hamda Mo‘ynoq va Bo‘zatov tumani hokimlari tayinlangandi.

Top