O‘zbekiston | 21:11 / 18.03.2022
8628
2 daqiqa o‘qiladi

Uy-joy mulkdorlari shirkati 1,6 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan

Aniqlangan qonunbuzarliklar qurilish-ta’mirlash ishlar hajmiga qo‘shib yozish, kredit mablag‘larini bemaqsad ishlatish, majburiy badaldan tushgan mablag‘larni talon-toroj qilish bilan bog‘liq.

Aholining murojaatlariga asosan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan qator uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati o‘rganilgan.  Natijada, 20 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan 37 ta holatda 1,6 mlrd so‘m mablag‘ maqsadsiz sarflangani yoki talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xabar qilmoqda.

Qonunbuzilish holatlari eng ko‘p kuzatilgan yo‘nalishlar:

  • 8 ta holatda qurilish-ta’mirlash ishlar hajmiga 451,8 mln so‘m qo‘shib yozilgan;
  • 5 ta holatda 508,2 mln so‘m kredit mablag‘i maqsadsiz sarflangan yoki talon-toroj qilingan;
  • 16 ta holatda mulkdorlardan yig‘ilgan 313,2 mln so‘m majburiy badal mablag‘i maqsadsiz ishlatilgan yoki talon-toroj qilingan;
  • 8 ta holatda 351,9 mln so‘mga teng boshqa huquqbuzarlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Rasmiy xabarga ko‘ra, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Мадина Очилова
Tayyorlagan Мадина Очилова

Mavzuga oid