12:40 / 18.03.2022
10371
Yevropalik siyosatchilar Zelenskiy va Ukraina xalqi nomzodini Nobel mukofoti uchun ilgari surmoqchi

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati 31 yanvarda tugagandi. Siyosatchilar nomzodni ilgari surish jarayonini 31 martga qadar uzaytirishni so‘ramoqda.

Yevropalik amaldagi va sobiq siyosatchilar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina xalqi nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti uchun ilgari surmoqchi. Bunday murojaat 11 mart kuni kelib tushgan, ammo bu haqda faqat bugungi kunga kelib ma’lum qilingan.

Murojaat mualliflari «bemisl tarixiy voqealarni inobatga olgan holda» Nobel qo‘mitasiga «Zelenskiy va Ukraina xalqi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilishiga imkon berish uchun» mukofot uchun nomzodni ilgari surish jarayonini 31 martga qadar uzaytirishni taklif etgan. Hozirda mukofot uchun arizalar qabul qilish to‘xtatilgan.

«Biz Ukraina xalqiga dunyo ular tomonida ekanini ko‘rsatishning ayni vaqti ekaniga ishonamiz», — deyilgan murojaatda.

Murojaatni 36 nafar siyosatchi imzolagan, ularning aksari Niderlandiyadan, masalan, sobiq mudofaa vaziri Ank Biyleveld va sobiq tashqi ishlar vaziri Ben Bot. Shuningdek, Yevroparlamentning amaldagi deputatlari ham Zelenskiy nomzodini mukofot uchun ilgari surish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashgan.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top