01:21 / 30.03.2022
21009

Saloh mundialga bormaydi. Senegal Misrni, Gana Nigeriyani ortda qoldirib JChga yo‘l oldi

Foto: Getty Images

Afrika qit’asida jahon chempionatiga chiqqan dastlabki ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. 

Markaziy bahsda Senegal o‘z maydonida Misrni minimal hisobda mag‘lub etdi. Dastlabki o‘yinda Misr xuddi shu hisobda g‘alaba qozongani uchun bellashuv qo‘shimcha bo‘limlarga, so‘ng penaltilar seriyasigacha bordi. Unda Afrika Kubogi finalida bo‘lgani kabi Senegalning qo‘li baland keldi. E’tiborlisi, seriyada Saloh xatoga yo‘l qo‘ydi, uning klubdoshi Mane esa hal qiluvchi golni urdi.

O‘z maydonida 0:0 hisobini qayd etgan Gana mehmondagi gol evaziga Nigeriyani turnirdan chiqarib yubordi. Tomasning goli ganaliklarni mundialga olib chiqdi.

JCh-2022 saralashi. Afrika
Pley-off. Javob o‘yinlari. 29 mart

Senegal — Misr 1:0
Gol: 
Dia (3).
Penaltilar seriyasi — 3:1.
Senegal – Mendi, Sabali, Kulibali, Sisse, Siss, B.Sarr (Deng, 68), Guyye (P.Sarr, 114), Mendi (Kuyate, 81), Mane, I.Sarr, Dia (Guyye, 81). 
Misr – Ash Shenavi, Rabia (Ashur, 36), Gaber (Ashraf, 29), Al Hanafi, Al Fotu, El-Din, El-Nenni (Emad, 70), As Sulayya, Fathi (Ala, 118), Trezege (Zizo, 70), Saloh, Marmush (Muhammad, 70).
Ogohlantirishlar: Rabia (34), Guyye (37), Ashraf (45), Deng (70), Al Fotu (112), Muhammad (119), I.Sarr (120+3).
Birinchi o‘yin — 0:1.

Nigeriya — Gana 1:1
Gollar: 
Trost-Ekong (22) — Tomas (10).
Nigeriya – Uzoxo, Ayna, Balogun, Trost-Ekong, Bassi (Umar, 88), Etebo (Musa, 78), Aribo, Oneka (Shexu, 46), Dennis (Igalo, 78), Osimhen, Lukman (Saymon, 61). 
Gana – Uollakott, Odoi, Jiku, Amarti, Mensa, Tomas, Baba (Yadom, 46), Kudus (Bukari, 73), Ayyu (Ovusu, 46), Afena-Gyan (Vridt, 90), Issaxaku (Kere, 46).
Ogohlantirishlar: Amarti (25), Afena-Gyan (84), Parti (84), Shexu (89), Uollakott (90).
Birinchi o‘yin — 0:0.

Top