09:34 / 03.04.2022
6665
Sirdaryoda 170 tup tol daraxti kesib tashlandi
Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida 170 tup daraxtning tepa qismi kesib ketildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 2 aprel kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan ishchi guruh tashkil etilgan. Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri jarayonida Sirdaryo viloyatining Guliston tumani Ishonch SIU hududidagi dala maydoni chetidagi jami 170 tup tol daraxtlarining tepa qismlarini noma’lum shaxslar kesib «ZIL» yuk avtomashinasiga ortib olib ketayotgan vaqtida viloyat ekologiya boshqarmasi nazorat inspeksiya xodimlari, viloyat IIB JTSB xodimlari bilan birgalikda voqea joyida ushlandi.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, yuk avtomashinasi ashyoviy dalillar bilan vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Ushbu harakatlar oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar 13 770 000 so‘mni tashkil etdi.

Mavzuga oid
Top