12:32 / 04.04.2022
18979
Toshkentda hakamlik sudi sudyasi pora bilan ushlandi

U ishni javobgarning foydasiga hal qilib berish evaziga 4 000 AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Foto: Prokuratura departamenti

Tadbirda hakamlik sudi sudyasi M.K. da’vogar F.T. va javobgar M.X.ning ishi bo‘yicha ishni M.X.ning foydasiga hal qilib berish hamda ushbu qarorning kelgusida bekor bo‘lmasligini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga javobgar M.X.dan firibgarlik yo‘li bilan 4 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top