22:46 / 10.04.2022
23568

APL. Grandlar to‘qnashuvida yana jangovar durang qayd etildi

Angliya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda peshqadam «Manchester Siti» o‘z maydonida 2-o‘rindagi «Liverpul»ni qabul qildi. 

Foto: Getty Images

Bellashuvda xuddi birinchi davradagi kabi (2:2) jangovar durang qayd etildi. De Bryuyne va Jyezusning gollariga Jota hamda Mane javob berishdi. 

Natijada jamoalar o‘rtasidagi minimal farq saqlanib qoldi. Gvardiola jamoasida 74, Klopp shogirdlarida 73 ochko mavjud.

APL. 32-tur
Manchester Siti — Liverpul 2:2

10 aprel, «Etihad»
Gollar: de Bryuyne (5), Jyezus (36) — Jota (13), Mane (46).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz, Laport, Kanselu, de Bryuyne, Silva, Rodri, Foden, Sterling (Mahrez, 75), Jyezus (Grilish, 83).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Roberson, Henderson (Keyta, 78), Tiago Alkantara, Fabino, Saloh, Mane (Firmino, 85), Jota (Dias, 70).
Ogohlantirishlar: Roberson (28), Bernardu Silva (40), Alkantara (61), Fabino (83), van Deyk (89).

Mavzuga oid
Top