07:44 / 11.04.2022
19038

Toshkentda oliy o‘quv yurtlaridan birining kafedra mudiri 4 000 dollar bilan ushlandi

Toshkent shahrida fuqaroga magistraturaga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan kafedra mudiri va uning sherigi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi U.X. fuqaro R.ni institut kafedra mudiri orqali magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Xabarda aytilishicha, institut talabasining ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, kafedra mudiri M.E. talaba U.X.dan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top